«Manchester Siti» Maxrezning o‘rniga futbolchi topdi

«Manchester Siti» Fransiyaning «Renn» vingeri Jeremi Dokuni sotib olish variantini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.

Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi «shaharliklar»ning «Al-Ahli»ga yaqinda ko‘chib o‘tgan Riyod Maxrez o‘rniga nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.

Manbaning ta’kidlashicha, Dokudan tashqari, «Manchester Siti»ning qisqa ro‘yxatida «Kristal Pelas» yarim himoyachisi Maykl Olise ham bor, unga Londonning «Chelsi» jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.

Doku avvalroq «Aston Villa»ning nishonida edi, biroq belgiyalik futbolchining Unai Emeri jamoasiga o‘tishi haqidagi mish-mishlar so‘nggi kunlarda barham topdi. 21 yoshli Jeremi Fransiya chempionatining so‘nggi mavsumida 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter