De Ketelare «Milan»ni Niderlandiya klubiga o‘zgartirishi mumkin

«Milan»ning 22 yoshli yarim himoyachisi Sharl de Ketelare Italiya chempionatini tark etib, Niderlandiyaga ketishi mumkin. Bu haqda Triball Football portali jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, belgiyalik futbolchiga PSV qiziqish bildirmoqda. Eyndxoven klubi yarim himoyachini keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olmoqchi.

De Ketelare o‘tgan yozda Milan jamoasiga kelib qo‘shilgan edi. Tomonlar 2027 yilning o‘rtalarigacha amal qiladigan uzoq muddatli mehnat shartnomasini tuzdilar. Uning transfer narxi 22 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter