Chempion «Arsenal» mavsumni yakunlamoqda: «Kanonirlar»ning «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yin uchun tarkibi
Londonning «Arsenal» klubi 24 may kuni Angliya chempionatining joriy mavsumdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi. «Kanonirlar» safarda «Kristal Pelas» bilan bahs olib boradi, uchrashuv «Selxerst Park» stadionida bo‘lib o‘tadi.
«Arsenal»ning asosiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish olgan:
Kepa Arrisabalaga, Kristian Moskera, Kristian Norgor, Pyero InkapYE, Rikardo Kalafyori, Martin Subimendi, Maylz Lyuis-Skelli, Noni Madueke, Maks Douman, Gabriel Martinelli va Gabriel Jezus.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» o‘tgan tur natijalariga ko‘ra chempionlik unvonini muddatdan oldin naqd qilib qo‘ygan edi. Ayni damda jamoa hisobida 82 ochko mavjud, bu esa ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti»dan 4 ochkoga ko‘pdir.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
