«Kristal Pelas»ning apellyasiyasi qachon ko‘rib chiqilishi aniq bo‘ldi

«Kristal Pelas»ning Yevropa Ligasidan chetlatish bo‘yicha apellyasiyasi qachon ko‘rib chiqilishi ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq UEFA Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan London klubiga «Lion» tufayli Yevropa Ligasida ishtirok etishga ruxsat bermagandi – iyungacha ularning xo‘jayini Jon Tekstor bo‘lgan. Yangi mavsumda «Kristal Pelas» Konferensiyalar ligasida ishtirok etadi.

Klub UEFA qarori ustidan Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat qilgan.

ESPN xabariga ko‘ra, CAS «Kristal Pelas»ning apellyasiyasini 8 avgust kuni ko‘rib chiqadi, majlis yopiq tarzda o‘tkaziladi. Yakuniy hukm 11 avgust kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter