Lautaro Martines dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisini aytdi

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi kim ekanligini aytdi.

– Dunyodagi eng yaxshi markaziy hujumchi kim?

– Xarri Keyn. To‘pni nazorat qilishi, o‘yinni bog‘lashi va uni o‘qiy olishi, shuningdek, bosh bilan yaxshi o‘ynashi evaziga men uni hatto Xolanddan ham ustun qo‘yaman. U — fenomen, – dedi Lautaro.

Keyn yakunlangan mavsumda «Bavariya» safida 58 ta gol urdi — bu Bundesliga tarixida bir mavsumda futbolchilar qayd etgan mutlaq rekord natijadir.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter