«Arsenal» top-hujumchini tekinga qo‘lga kiritishi mumkin

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda «Mundo Deportivo» jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, serbiyalik hujumchida Angliya Premyer-ligasining top-klubida ish boshlash varianti mavjud. Vlaxovichni o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. «To‘pchilar» Dushanni tekinga qo‘lga kiritishlari mumkin, chunki uning «keksa sinyora» bilan shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.

Italiya chempionatining joriy mavsumida 26 yoshli Vlaxovich 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter