«Yuventus» o‘z hujumchisining maoshini oshirishi mumkin

Yaqin kelajakda hujumchi Dushan Vlaxovich «Yuventus» bilan shartnomasini yana ikki yilga – 2027/2028 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirishi mumkin.

Transfer News Live nashrining La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib xabar berishicha, yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha Vlaxovichning maoshi mavsum uchun 12 million yevroga yetishi kerak.

Dushan Vlaxovich “Yuventus”da 2022-yilning yanvar oyi oxiridan beri o‘ynamoqda. Bu davrda serb turli musobaqalarda 88 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter