Mareska «Aston Villa»ga qarshi o‘yinda «Chelsi»ni boshqarmaydi

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Enso Mareska Angliya Premyer-ligasi doirasidagi «Aston Villa»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Gap shundaki, Angliya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga (2:2) qarshi bahsda Mareska navbatdagi sariq kartochkasini olganidan so‘ng, «Aston Villa»ga qarshi o‘yin uchun diskvalifikasiya qilindi. Murabbiyning o‘zi bu kartochkaga quyidagicha izoh berdi:

«Men norozi bo‘ldim, chunki qoidabuzarliklardan biri biz uchun sariq kartochkaga aylandi, lekin ular xuddi shunday qoidabuzarlikni uch-to‘rt marta sodir etishdi, sariq kartochka esa yo‘q edi, shuning uchun men savollar berdim va hakamga shikoyat qildim.»

Premyer-liga 18-turidan o‘rin olgan «Chelsi» – «Aston Villa» bahsi 27 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter