«Chelsi» yangi yarim himoyachi sotib olishi mumkin

«AZ Alkmaar» klubining 19 yoshli yarim himoyachisi Kes Smit tumanli Albionga borishi mumkin. Goal.com portali xabariga ko‘ra, umidli futbolchining xizmatlariga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, «ko‘klar» rahbariyati kelasi yilning yozida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Smitning bozor narxi 22 million yevroni tashkil etadi. Yarim himoyachi Niderlandiya klubi bilan 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan shartnomaga ega.

2025/2026 yilgi mavsumda xavbek 25 ta jangda ishtirok etgan. Smit ikkita gol va beshta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter