«Arsenal» yarim himoyachisi Londonning boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin

Londonning “Vest Xem” klubi yanvar oyida “Arsenal” yarim himoyachisi Emil Smit-Rouni sotib olishga urinib ko‘radi. Football Insider xabariga ko‘ra, «bolg‘achilar» yosh ingliz atrofidagi vaziyatni faol kuzatib borayotgan klublardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Smit-Rou mavsum boshida Mikel Arteta jamoasida asosiy tarkib futbolchisi emas. Emil «Arsenal»dagi holatidan norozi va u muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan klubga ketmoqchi.

Smit-Rou yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida «Chelsi»ga o‘tishi mumkin edi, ammo «Arsenal» katta tovon puli talab qildi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter