«Nottingem Forest» «Yuventus» yarim himoyachisini transfer qilmoqchi
Braziliya terma jamoasi va Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Duglas Luis Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.
Jurnalistning yozishicha, xavbekni «Nottingem Forest» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Duglas yozgi transferlar oynasida tumanli Albionga qaytishi hech gap emas.
Eslatib o‘tamiz, «keksa sinyora» braziliyalik futbolchini 2024 yilning yozida 51 million yevroga sotib olgan edi.
Luis joriy mavsum «Yuventus» safida 22 ta bahsda qatnashib, birorta ham gol urmagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/