Militao uzoq vaqtga safdan chiqdi

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Eder Militao «Selta»ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olgan.

Braziliyalik futbolchi 24-daqiqada maydonni tark etdi. Muammo darhol ancha jiddiy bo‘lib ko‘ringan edi va endi xavotirlar tasdiqlanmoqda: Onda CERO nashrining xabar berishicha, futbolchi tizza osti payining shikastlanishi tufayli uch oyga safdan chiqishi mumkin.

Uchrashuv Xabi Alonso jamoasining 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. O‘yin oxirida «qaymoqranglilar» to‘qqiz kishi bo‘lib qoldi – ikkinchi bo‘limda Fran Garsiya va Alvaro Karreras chetlatildi.

Eder Militao joriy mavsumda 16 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter