Militao maydonga qaytishga yaqin turibdi

«Real Madrid» markaziy himoyachisi Eden Militao yaqin orada maydonga qaytishi kerak. Bu haqda jurnalist Karlos Rodriges xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchi tiklanishning so‘nggi bosqichida. Qayd etilishicha, u tez orada umumiy guruhda mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Joriy mavsumda Militao faqat bir marta maydonga tushdi. Ispaniya chempionatining 1-turi doirasidagi «Atletik» bilan o‘yinda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter