Flik ortiqcha narsalarga chalg‘imaydi

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik «Atletiko Madrid»ga qarshi o‘yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Germaniyalik murabbiydan yakshanba kuni «Jirona» va «Real Madrid» o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilganmi, deb so‘rashdi.

«Jirona» va «Real Madrid» o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va «Barselona» turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallamoqda.

«Men «Real Madrid» o‘yinini tomosha qildimmi? Yo‘q. Men xabarlarni o‘qib turdim va ba’zi muhim lahzalarni tomosha qildim.

Lekin men faqat jamoamga e’tibor qaratyapman», dedi Flik jurnalistlarga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter