«Real» Pasni yanvarda qaytarishni rejalashtirmayapti
«Real» qishki transferlar vaqtida «Komo»dan Niko Pasni ortga qaytarishni rejalashtirmayapti.
Avvalroq argentinalik jurnalist Gaston Edul madridliklar 21 yoshli yarimhimoyachini yanvar oyidayoq ortga qaytarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.
Biroq, Marca xabariga ko‘ra, «Real» Pasni qishda qaytarmoqchi emas. «Komo» argentinalik futbolchini A Seriya turnir jadvalida yuqori o‘rin uchun kurashish uchun mavsum oxirigacha saqlab qolmoqchi, futbolchining o‘zi ham yozgacha jamoada qolmoqchi.
Yaqin bir necha hafta ichida «Real» «Komo» bilan Pasning 2026 yil yozida qaytishi bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
