«Santos» Neymardan tashqari yana bir yulduz bilan shartnoma imzolamoqchi
«Roma» yarim himoyachisi Leandro Paredes «Santos»dan taklif oldi.
Braziliya klubi o‘z tarbiyalanuvchisi Neymar bilan allaqachon kelishuvga erishgan – u tez orada Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini tark etadi va vataniga qaytadi. Jurnalist Gaston Edul xabariga ko‘ra, «Santos» Paredesga sobiq jamoadoshi Neymar bilan birga o‘ynashni taklif qilgan, biroq argentinalik bunga rozi bo‘lmagan. U «Boka Xuniors»ga o‘tishni afzal ko‘radi.
Neymar va Paredes «PSJ»da birga o‘ynashgan. Ikkalasi ham 2023 yilning yozida Parij grandini tark etishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/