«Chelsi» afsonasi Estevaoning ko‘rsatayotgan o‘yiniga baho berdi

«Chelsi»ning sobiq forvardi Janfranko Dzola 18 yoshli Estevaoning yaxshi futbol ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.

Estevao seshanba kuni «Barselona»ga gol urdi va «Chelsi»ga Chempionlar Ligasida 3:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam berdi.

«Bu to‘g‘ri – Estevaoga o‘sish uchun imkon berish. U o‘zini yaxshi ko‘rsatmoqda, lekin mening fikrimcha, u hali katta yo‘lni bosib o‘tishi kerak. Qancha ko‘p o‘ynasa, shuncha jismonan kuchli bo‘ladi. Va u o‘yinni yaxshiroq o‘qiydi. Bularning barchasi tajriba bilan keladi. Estevao juda, juda muhim o‘yinchi bo‘lishga umid bermoqda,» – dedi Zola Amazon Prime efirida.

«Chelsi» Chempionlar Ligasining ortda qolgan 5 turida 10 ochko jamg‘ardi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter