Spalettiga ishonch kerak

Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Luchano Spaletti debyutini muvaffaqiyatli o‘tkazmadi, ammo terma jamoaning sobiq futbolchisi Janfranko Dzola jamiyat Spallettiga ishonch berishi kerak, deb hisoblaydi.

«Bu terma jamoa uchun muhim lahza, barchamiz Spalettiga ko‘proq ishonch va yordam berishimiz kerak. Biz sifatli yoshlarni tarbiyalashimiz kerak.

Biz har doim shunday qilganmiz va u ishlaydi. Boshqa barcha davlatlar hozir aynan shunday qilmoqdalar va shuning uchun ular bizni chetlab o‘tishmoqda», – deya Dzolaning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Bungacha Spaletti Italiyaning «Napoli» klubini boshqarib, chempionlik unvoniga olib kelgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter