Alonso «Liverpul»da Slotni almashtirishi mumkin
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso klubni tark etib, Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Arne Slot o‘rniga nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Niderlandiyalik murabbiyda yanvargacha vaziyatni o‘nglash uchun vaqt bor.
Alonsoning o‘rniga Madridga Zinedin Zidan keladi, deb xabar beradi indykaila New. Bu qaror vaqtinchalik bo‘ladi.
«Liverpul» Alonsoni Yurgen Klopp ketganidan keyinoq jamoada ko‘rmoqchi edi, ammo o‘shanda ispaniyalik «Real»ni tanlagandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
