Bartezagi: «Bu oqshom uchun rahmat!»
Italiya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda «Milan» «Inter»ni dog‘da qoldirdi.
Kristian Kivuning jamoasi uchun bu mavsumdagi to‘rtinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. «Milan» himoyachisi Davide Bartezagi ushbu o‘yinda maydonga tushganidan faxrlanmoqda.
«Birinchi derbida o‘ynash men uchun katta sharaf edi. Muvaffaqiyat uchun bor kuchimni berdim. Hamma kabi. Bu kichik, ammo juda muhim qadam bo‘ldi», – deya Bartezagining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Italiya chempionatining navbatdagi turida «Milan» o‘z maydonida Rimning «Lasio» klubi bilan to‘qnash keladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
