Salemakers: «Bu jamoa bilan faxrlanaman»

Italiya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda «Milan» joriy mavsumda to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan «Inter»ni mag‘lub etdi. «Milan»ning belgiyalik yarim himoyachisi Aleksis Salemakers o‘yin natijasidan mamnun va jamoa bilan faxrlanishini yashirmayapti.

«Men bu jamoa bilan faxrlanaman. Biz aql bovar qilmaydigan ish qildik. Haqiqiy jamoa kabi ahil. Quvonchda ham, qayg‘uda ham. Tifozini xursand qildik. Buni davom ettirishga harakat qilamiz», – deya Salemakersning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Italiya chempionatining navbatdagi turida «Milan» o‘z maydonida Rimning «Lasio» klubiga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter