Reshford «Barselona» o‘yinini o‘tkazib yuboradi
Hujumchi Markus Reshford Ispaniya La Ligasining «Atletik»ka qarshi uy uchrashuvida «Barselona»ga yordam bermaydi. AS nashri xabariga ko‘ra, ingliz «ko‘k-anorranglilar»ning shanba kungi «Kamp Nou»da maydonga tushmaydi.
Avvalroq, Reshford «Barselona»ning ikki mashg‘ulotini o‘tkazib yuborgan edi. Hans-Diter Flikning aytishicha, futbolchining isitmasi baland.
Xabaringiz bor Markus Reshford «Barselona» safida ijarada to‘p tepmoqda. Hujumchining huquqi «Manchester Yunayted»ga tegishli.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
