Reshford «Barsa»ga o‘tish uchun maoshini jiddiy pasaytirishga ham rozi

Hujumchi Markus Reshford «Barselona»da o‘ynashni istamoqda. «Ko‘k-anorranglilar» libosini kiyib ko‘rish istagi haqida 27 yoshli futbolchi yaqinlariga bir necha bor gapirgan. Buni Kataloniya klubida ham bilishadi.

Reshford chap qanot hujumini kuchaytirish borasida «Barselona» uchun birinchi variant emasligini tushunib turibdi. Ammo angliyalik futbolchining ko‘p narsadan voz kechishga tayyorligi (xususan, maosh masalasida) va boshqa nomzodlarga (Niko Uilyams va Luis Dias bilan) nisbatan arzonroq narxi transferga yordam berishiga umid qilmoqda. Bu haqda Marca yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024/2025 yilgi mavsumning ikkinchi qismida Markus Reshford «Aston Villa»da ijarada o‘ynagan edi. Hujumchining huquqi «Manchester Yunayted»ga tegishli.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter