APL klublari maoshlar chegarasini belgilashga qarshi ovoz berdi – BBC

Angliya Premyer-ligasi (APL) klublari maoshlarning yuqori chegarasini joriy etish taklifiga qarshi ovoz berdi, deb yozadi BBC. Shu bilan birga, tarkib uchun xarajatlar koeffisiyentini (SCR, Squad Cost Ratio) joriy etish minimal zarur kvota bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Manbaga ko‘ra, APLda maoshlar chegarasini belgilash masalasi bo‘yicha ovoz berishda yettita klub vakillari «ha,» 12 tasi «yo‘q» degan, bir ishtirokchi betaraf qolgan.

SCR bo‘yicha ovoz berishda 14 ta «ma’qul» ovoz to‘plandi, bu yangi qoidani qabul qilish uchun chegaraviy miqdor hisoblanadi. APLning oltita klubi bunga qarshi ovoz berdi.

Qabul qilingan yangilikka ko‘ra, 2026/2027 yilgi mavsumdan boshlab klublar tarkibining umumiy xarajatlari (o‘yinchilar va murabbiylar shtabi maoshi, shuningdek, transfer yig‘imlari va agentlarning komissiya to‘lovlarini o‘z ichiga olgan holda) klub daromadlarining 85 foizi bilan cheklanadi. Shu bilan birga, yevrokuboklarda ishtirok etadigan klublar uchun bu ko‘rsatkich har qanday holatda ham UEFA talablariga muvofiq 70 foizni tashkil etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter