Messi MLSda maoshlar chegarasini bekor qilishga chaqirdi
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi NBC telekanaliga intervyu berib, Amerika ligasini isloh qilish haqida fikr bildirdi.
Xususan, argentinalik raqobatni kuchaytirish uchun maoshlar chegarasini bekor qilishga chaqirdi.
«Har bir jamoa o‘yinchilarni jalb qilish va istaganini imzolash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak – cheklovlarsiz va qoidalarsiz.
O‘ylashimcha, bugungi kunda Qo‘shma Shtatlardagi barcha jamoalar bunday imkoniyatga ega emas va o‘ylaymanki, agar ularga bunday erkinlik berilsa, ancha katta futbolchilar kelib, MLS rivojlanishiga hissa qo‘shgan bo‘lardi», – dedi argentinalik futbolchi.
MLSda «Tayinlangan o‘yinchi qoidasi» amal qiladi. U liganing har bir klubiga belgilangan maosh chegarasi qo‘llanilmaydigan o‘yinchilarni imzolash imkonini beradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
