Donnarumma Gvardiola haqida fikr bildirdi
«Manchester Siti» darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida gapirdi.
«Pep menga doim maslahatlar beradi, biz ko‘p gaplashamiz. U menga ko‘p yordam berdi. U haqiqatan ham o‘ziga xos murabbiy va men uning jamoasida o‘ynayotganimdan xursandman. Buni har bir o‘yinchi orzu qiladi,» – deya Donnarummaning so‘zlarini keltiradi City Report.
«Manchester Siti» joriy yilning sentyabr oyida Janluiji Donnarummani «PSJ»dan 30 mln yevroga sotib olgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
