«Manchester Siti» yulduzini tekinga yo‘qotishi mumkin
Portugaliyalik yulduz yarim himoyachi Bernardu Silva yozgi transfer oynasida «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati keyingi yilning yozida tugaydi. Klub va futbolchi hali yangi shartnomani kelishib olgani yo‘q. Shu tariqa, Bernardu «shaharliklar»ni erkin agent maqomida tark etishi mumkin.
APL-2025/2026 yilgi mavsumida 31 yoshli yarim himoyachi 11 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
