YECHL. «Manchester Siti» «Monako»ni yuta olmadi
«Monako» o‘z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-tur uchrashuvida «Manchester Siti» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Mehmonlar safida Erling Xoland 15 va 44-daqiqalarda gol urdi. Mezbonlar tarkibida 18-daqiqada Yordan Teze gol urgan bo‘lsa, 90-daqiqada Erik Dayer penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
«Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi jadvalida 4 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. «Monako» esa 1 ochko bilan 30-pog‘onada joylashgan.
Keyingi turda «Manchester Siti» safarda «Vilyarreal»ga qarshi o‘ynasa, «Monako» o‘z maydonida «Tottenxem»ni qabul qiladi.
Chempionlar ligasi, 2-tur
01.10.2025, chorshanba, 23:59
Monako – Manchester Siti – 2:2
Gollar: Xoland, 15 (0:1). Teze, 18 (1:1). Xoland, 44 (1:2). Dayer, 90 – penaltidan (2:2)
Monako: Ken, Dayer, Salisu (Kabral, 82), Kerer, Teze, Kulibali (Biyeret, 82), Diatta, Vanderson (Uttara, 22), Akliush, Fati (Idumbo, 64), Balogun (Ilenixenya, 82)
Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, O`Rayli, Stouns (Mateus Nunes, 72), Rodri (Gonsales, 61), Reynders, Foden, Doku (Savio, 61), Bernardu Silva, Xoland
Ogohlantirishlar: Diatta, 63 – Donnarumma, 39. Rodri, 57. Bernardu Silva, 88. Savio, 90
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/