Tchuameni: «Biz Alonso bilan birinchi kuni gaplashdik»

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Orelen Tchuameni jamoa bosh murabbiyligiga Xabi Alonso kelganini esladi.

«Birinchi kuniyoq u men bilan yolg‘iz gaplashdi. U menga videomateriallarni ko‘rsatdi, nimani yaxshilashim kerakligini va to‘psiz va to‘p bilan o‘ynashda pozisiyani tanlashda nimalarga tayanishim kerakligini aytdi. O‘ylaymanki, men ba’zi jihatlarda yaxshilandim», – deya Tchuamenining so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Joriy mavsumda 25 yoshli fransuz barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 15ta o‘yinda maydonga tushdi va birorta ham samarali harakat qayd etmadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter