Riyod-2025: Kecha 13 ta medalni qo‘lga kiritdik
O‘zbekiston delegasiyasi uchun Riyod-2025 Islom birdamligi o‘yinlarining kecha kuni ancha muvaffaqiyatli o‘tdi. Atletlarimiz kun davomida 5 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin:
— Barnoxon Sayfullayeva (engil atletika, balandlikka sakrash)
— Diyorbek To‘xliboyev (taekvondo WT, -67 kg)
— Marat Mavlonov (taekvondo WT, +82 kg)
— Meyirxan Timurov (qilichbozlik, shpaga)
— Nargiza Qo‘chqorova (engil atletika, nayza uloqtirish)
Kumush:
— Suhrob Xodjayev (engil atletika, bosqon uloqtirish)
— Sharifa Davronova (engil atletika, uch hatlab sakrash)
— Javohir Nurmatov (qilichbozlik, shpaga)
— Gulistan Perdibayeva (qilichbozlik, sablya)
— Svetlana Osipova (taekvondo WT, +70 kg)
Bronza:
— Valeriya Gorbatova (engil atletika, balandlikka sakrash)
— Ayubxon Fayozov (engil atletika, bosqon uloqtirish)
— Diyora Azizova (taekvondo WT, -63 kg)
Manba: olympic.uz
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
