Reyn-Rur-2025: Sharifa Davronova delegasiyamizga so‘nggi oltin medalni keltirdi

O‘zbekiston delegasiyasi Germaniyada nihoyasiga yetib borayotgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi. Bugungi bahslarda qatnashgan yengil atletikachimiz Sharifa Davronova oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Uchhatlab sakrash dasturida ishtirok etgan Davronova 14,33 metrga sakrab, faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi mazkur Universiada o‘yinlarida 4 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamg‘arib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu muvaffaqiyat bilan barcha sportchi va murabbiylarni samimiy tabriklaydi!

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter