«Barselona» hozircha Levandovskiga yangi shartnoma taklif qilishga ikkilanmoqda

«Barselona» rahbariyati hujumchi Robert Levandovskining kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgan yo‘q.

Hujumchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga yetadi va kataloniyaliklar hozircha polshalik bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara boshlashga ikkilanmoqda, deb yozadi Marca. «Ko‘k-anorranglilar» bosslari 37 yoshli faxriyning kampaniya davomida qanday darajaga chiqishini kutishni afzal ko‘rishadi. Vaziyatni boshqa klublar vakillari ham kuzatib bormoqda.

Robert Levandovski Xans-Diter Flik jamoasi safida joriy mavsumda 12 ta o‘yinda 7 ta gol urdi. Futbolchiga yaqinda «Milan», «Fenerbaxche» va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter