Deku Levandovskining «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

«Barselona»da sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan Deku Robert Levandovskining kelajagi haqida fikr bildirdi.

Joriy mavsum 37 yoshli polyak uchun Kataloniya superklubidagi so‘nggi mavsum bo‘lishi mumkin. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan, biroq uni bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor.

«Robert biz uchun muhim o‘yinchi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Uning yoshini hisobga olgan holda, u uzoqni rejalashtirmaydi deb o‘ylayman. Futbolchilar faoliyatida uzoq muddatli rejalar tuzmaydigan paytlar bo‘ladi. Hozir Levandovski ham biz kabi joriy mavsum haqida o‘ylamoqda. U yog‘ini ko‘ramiz. U o‘z irodasiga, o‘z sezgilariga tayanadi. Ko‘ramiz, mavsum qanday o‘tadi, keyin bu masalani ko‘taramiz,» – deya Dekuning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Robert Levandovski kampaniyaning to‘rtta o‘yinida ikkita gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter