Mareska «Chelsi»ning strategiyasi nimadan iboratligini aytib berdi
Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Enso Mareska klub haqida fikr bildirdi.
«Chelsi» afsonaviy, ulkan klub. Hozirgi strategiyamiz – uzoq muddatli shartnomalar tuzish va yosh futbolchilarga ishonish. Futbol biznesida eng muhimi – natija. Ayni paytda natijalar yaxshi va barchamiz juda mamnunmiz,» – dedi Mareska.
Enso Mareska «Chelsi»ni 2024 yilning yozida qabul qilib olgandi. Ayni damda «ko‘klar» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida yettinchi o‘rinda bormoqda va yettita uchrashuvda 11 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/