Mareska: «Avvalgi ikki yil bilan solishtirganda, bu mavsum muvaffaqiyatsiz emas»
«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoasining mavsum yakunida Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
«So‘nggi ikki yilda «Chelsi» necha marta Chempionlar ligasida o‘ynadi? Qancha? Nol. Bu mavsumda «Chelsi» chempionlar ligasi jadvalida necha marta Chempionlar ligasi zonasida bo‘ldi? Deyarli butun mavsum. So‘nggi ikki yil bilan solishtirganda, bu muvaffaqiyatsizlik emas», – dedi Mareska.
Ayni paytda «Chelsi» 57 ochko bilan APL turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/