Reshford: «Siz mening eng yaxshi versiyamni ko‘rasiz»
«Barselona» va Angliya terma jamoasi vingeri Markus Reshford o‘z o‘yini haqida gapirdi.
27 yoshli futbolchi Kataloniyada ishonchni oqlay oldi: uning hisobida Xans-Diter Flik jamoasidagi o‘nta o‘yinda uchta gol va beshta golli uzatma bor.
«Bir kun kelib men o‘z salohiyatimni to‘liq namoyon etaman va nihoyat siz mening eng yaxshi versiyamni ko‘rasiz. Bundan yanada baxtliroq bo‘laman, bu ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shunda men «Barselona» va Angliya terma jamoasiga ko‘proq foyda keltira olaman,» – deya Reshfordning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «Barsa» angliyalik futbolchini «Manchester Yunayted»dan sotib olish imkoniyati bilan joriy mavsum oxirigacha ijaraga olgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/