Yamal «el-klasiko»ga ham tayyor bo‘lmasligi mumkin
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida vinger Lamin Yamal haqida gapirdi. Bir kun avval kataloniyaliklar Yamalning beli bilan bog‘liq muammo qaytalangani sababli ikki-uch hafta maydonga tusha olmasligini ma’lum qilishgandi.
«Qachon qaytishini bilmaymiz. Bu oddiy jarohat emas, mushak jarohati emas. Ikki, uch yoki to‘rt haftada tayyor bo‘ladimi, bilmaymiz. Hatto u «klasiko»ga qadar tiklanib ulgurishiga ham ishonchim komil emas. U tiklanish bo‘yicha mutaxassislar bilan ishlaydi, keyin esa ko‘ramiz,» – dedi Flik jurnalistlarga.
Lamin Yamal sentyabr oyida «Barselona»ning to‘rtta o‘yinini o‘tkazib yubordi, shundan so‘ng «Real Sosyedad» va «PSJ» bilan o‘ynadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/