Yamal «Real» va «Atletiko» darajasini baholadi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal jamoasining ikki asosiy raqobatchisi – «Real» va «Atletiko» haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

Xans-Diter Flik jamoasi o‘tgan mavsumda La Liga g‘olibi bo‘lgandi. Har ikki Madrid grandi o‘tgan yozda transfer bozorida jiddiy kuchaydi, «ko‘k-anorranglilar» haqida esa bunday deb bo‘lmaydi.

«Real» va «Atletiko»? Ikkala jamoa ham raqobatbardosh. Biroq, menimcha, agar biz o‘z ishimizni yaxshi bajarsak, oxir-oqibat hammasi o‘zimizga bog‘liq bo‘ladi», – deya javob berdi Yamal unvon uchun kurashdagi raqobat haqidagi savolga.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter