«Arsenal» va «Bavariya» Fofanaga da’vogar

Angliyaning «Arsenal» va Germaniyaning «Bavariya» klublari «Lion» chap qanot himoyachisi Malik Fofanani o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Hozircha, futbolchining transferi bo‘yicha taklif bergan yagona jamoa «Everton» bo‘lib turibdi, ammo «Lion» 36 million yevrolik taklifni rad etgan. Klubdagi ba’zi moliyaviy muammolarni hisobga olsak, Fofananing ketish ehtimoli bor.

«Gent»ning 20 yoshli tarbiyalanuvchisi o‘tgan yili 19,5 million yevro evaziga «Lion» safiga kelib qo‘shilgan edi. Shuningdek, u bir yil oldin Belgiya terma jamoasida debyut qilgan.

O‘tgan mavsumda Fofana 41 ta o‘yinda 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 11 ta gol urdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter