«Chelsi» Sterling bo‘yicha qaror qabul qildi

Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi Rahim Sterlingni yana bir mavsumga boshqa klubga ijaraga berish bo‘yicha qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Sky Sports.

Manbaga ko‘ra, hozircha 30 yoshli angliyalik futbolchiga aniq da’vogarlar yo‘q. Avvalroq «Fulxem» unga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Sterling o‘tgan mavsumni «Arsenal»da o‘tkazgan edi. Uning «aristokratlar» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter