Sterling: «Men nimaga qodirligimni bilaman va shunchaki o‘ynashni xohlayman»
Londonning «Arsenal» klubi vingeri Rahim Sterling Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan PSVga (2:2) qarshi o‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
«Maydonga tushib, jamoaga hissa qo‘shish yoqimli bo‘ldi. Shunchaki o‘z o‘yinimni ko‘rsatdim, dinamik harakat qilishga harakat qildim.
Men munosib o‘yin ko‘rsata oldim. Men nimaga qodirligimni bilaman va shunchaki o‘ynashni xohlayman. Ammo men top-klubda top-futbolchilar bilan birga ekanligimni ham tushunaman, shuning uchun imkoniyatni kutishim kerak. Men hali ham muhim rol o‘ynay olishimga ishonaman,» – dedi Sterling TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/