Sterling Chempionlar ligasida to‘rt xil klubda o‘ynagan birinchi angliyalik futbolchi bo‘ldi
19 sentyabr, payshanba kuni Chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Atalanta” – “Arsenal” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.
Qanot hujumchisi Rahim Sterling “kanonirlar” safida o‘ynadi. U Chempionlar ligasida to‘rt xil klubda o‘ynagan birinchi ingliz futbolchisiga aylandi.
Sterling avvalroq “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Chelsi” klublarida o‘ynagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/