Donnarumma «Manchester Siti» bilan kelishib oldi

«PSJ»ning italiyalik darvozaboni Janluidji Donnarummaning «Manchester Siti»ga o‘tgan taqdirda qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.

La Stampa nashriga ma’lum bo‘lishicha, 26 yoshli Donnarumma Angliyada yiliga 12 million yevro va turli bonuslar oladi. Manbaga ko‘ra, darvozabonni sotib olish «Manchester Siti»ga taxminan 35 million yevroga tushishi mumkin.

Donnarumma 2021 yildan beri «PSJ» sharafini himoya qilmoqda. Ammo darvozabonning yaqin mavsumda jamoada qolmasligi allaqachon ma’lum.

Bu vaqt ichida darvozabon fransuz grandi libosida 161 ta o‘yin o‘tkazib, 56 marta o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter