Donnarumma vataniga qaytishi mumkin

Italiya terma jamoasi va «PSJ» darvozaboni Janluidji Donnarumma yaqin vaqt ichida klubini o‘zgartirishi mumkin.

Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.

Manbaga ko‘ra, darvozabonda o‘z vatanida ishga joylashish imkoniyati bor. Yulduzli futbolchining xizmatlariga Turinning “Yuventus” klubi qiziqish bildirmoqda. Donnarummaning bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda va uning Parijning top-klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter