«Tottenxem» Eze bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyor
«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Eberechi Eze Londonning «Tottenxem» klubi futbolchisiga aylanishi mumkin. Bunday ma’lumotlar bilan insayder Fabrisio Romano bo‘lishdi.
Manbaga ko‘ra, «shporlar» Ezening transferi bo‘yicha «burgutlar» bilan rasmiy muzokaralarga kirishishga tayyor. Manbaga ishonadigan bo‘lsak, Ezening o‘zi ham «Tottenxem»ga ko‘chib o‘tishdan xursand bo‘ladi.
Joriy mavsumda 27 yoshli xavbek jamoasi uchun muvaffaqiyatli bo‘lgan bitta rasmiy o‘yin o‘tkazishga ulgurdi.
Angliya Superkubogi doirasida «Kristal Pelas» sensasion tarzda «Liverpul»ni mag‘lub etdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Ezening bozor narxi 55 million yevroga teng.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/