Eze Angliya terma jamoasidagi debyut golini urdi
«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Eberechi Eze Angliya terma jamoasidagi debyut golini urdi.
Futbolchi JCH-2022 saralashi doirasida Latviyaga qarshi o‘yinda (3:0) gol urdi. U 76-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Eze uchun bu Angliya terma jamoasi safidagi 10-o‘yin bo‘ldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/