Yengil atletika. Anvar Anvarov Vengriyadagi turnirda bronza medalini qo‘lga kiritdi

Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika bo‘yicha Gyulai István Memorial – Hungarian Athletics Grand Prix turniri bo‘lib o‘tdi. Butunjahon yengil atletika federasiyasining taqvimidan o‘rin olgan oltin darajadagi mazkur musobaqada qatnashgan hamyurtimiz Anvar Anvarov shohsupaga ko‘tarildi.

Atletimiz Olimpiada va jahon chempionlari jamlangan uzunlikka sakrash sektorida bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Uning so‘nggi urinishda ko‘rsatgan 8.05 metr natijasi shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishini ta’minladi.

Ushbu natija yurtdoshimizga kelasi oy Tokioda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim qildi.

Manba: olympic.uz

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter