Qilichboz qizlarimiz Jahon kubogi bosqichida sovrindor bo‘lishdi

Ayni kunlarda Germaniyaning Dormagen shahrida yigitlar va Vengriyaning Budapesht shahrida qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha U-20 yosh toifasidagi Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Yakkalik yo‘nalishida kechgan bellashuvlarda Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlari g‘olibi Gulistan Perdibayeva kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, jamoaviy yo‘nalishda kechgan bellashuvlarda Ayakoz Jumamuratova, Gulistan Perdibayeva, Samira Shokirova va Fernanda Erreradan iborat O‘zbekiston qizlar terma jamoasi Jahon kubogi bosqichida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yakuniy natijaga ko‘ra:
1. Vengriya jamoasi
2. O‘zbekiston jamoasi
3. Buyuk Britaniya jamoasi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter