Bahrayn yengil atletika assosiasiyasi diskvalifikasiyaga uchradi
Butunjahon yengil atletika kengashi Bahrayn yengil atletika assosiasiyasini antidoping qoidalarini buzgani uchun bir yil muddatga musobaqalardan chetlatdi. Diskvalifikasiya muddati 2024 yil 1 iyundan boshlanadi.
“Butunjahon yengil atletika kengashi Bahrayn yengil atletika assosiasiyasiga qarshi ko‘riladigan chora-tadbirlar va tuzatish choralari bo‘yicha Athletic Integrity Unit kengashining tavsiyalarini ma’qulladi”, deyiladi Jahon Yengil atletika bayonotida.
Bu tergov 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida ikki bahraynlik sportchiga qon quyish paytidagi mojarodan keyin boshlangan.
Shuningdek, Bahrayn yengil atletika assosiasiyasi 2019 yildan 2021 yilgacha antidoping qoidalarini buzgan va sportdan chetlashtirilgan murabbiyni terma jamoa bilan ishlashga jalb qilgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/