Umar London klubiga o‘tishi mumkin

Angliyaning «Fulxem» klubi Ispaniyaning «Real Sosyedad» klubi bilan 28 yoshli nigeriyalik hujumchi Umar Sodiq transferini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Fichajes portali xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «Fulxem» sport direktori transfer imkoniyati borasida qarshi tomon bilan bog‘langan. Sodiq San-Sebastyan klubining uzoq muddatli rejalariga kiritilmagan, «Fulxem» esa ushbu futbolchida hujumni kuchaytirishni ko‘rmoqda. Transfer summasi 10 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi klub miqyosida 30 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi (19 ta o‘yin va 6 ta gol – «Valensiya»dan ijara asosida).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter